O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Islom madaniyati markazi o‘z faoliyatini qanday olib boradi?

 
 

Vazirlar Mahkamasining 2.08.2017 yildagi 572-sonli “Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistonda Islom madaniyati markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Markaz Prezidentning 23 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tashkil etildi.

Belgilanishicha, Markaz yuridik shaxs bo‘ladi va Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi. Markaz ishchilariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun nazarda tutilgan ish haqi hajmlari va mehnatni rag‘batlantirish sharoitlari qo‘llaniladi.

Markazga direktor rahbarlik qiladi (Sh.Sh.Minovarov), u Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi. Direktor o‘rinbosarlari Markaz rahbari tomonidan tayinlanadi.

Markaz Vasiylik kengashi bir yilda kamida 1 marotaba chaqiriladi. Kengash:

  • Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi va unga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishga ko‘maklashadi;
    • Markaz xarajatlarining yillik smetasini tasdiqlaydi;
    • direktorning Markaz faoliyati bo‘yicha hisobotini eshitadi va muhokama qiladi;
    • markaz tomonidan chiqariluvchi nashrlar va u tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga narxlar hamda tariflar o‘rnatadi va boshqalar.

Markaz qoshida muzey va kutubxona faoliyat ko‘rsatadi. Muzey buyumlari va kolleksiyalarini to‘ldirish, hisobga olish va foydalanish, shuningdek, ularni e’lon qilish faqatgina Markaz direktorining yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi. Alohida rejimda saqlanishi belgilangan muzey buyumlari va kolleksiyalar bo‘yicha alohida hisob yuritiladi.

Markazga bir oylik muddatda:

  • Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Tashqi ishlar, Madaniyat vazirliklari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom universiteti bilan birgalikda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda Markaz ilmiy-tarixiy konsepsiyasini bu yo‘nalish bo‘yicha xorijiy markazlar faoliyatini chuqur o‘rganish asosida ishlab chiqish;
    • Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi, Fanlar akademiyasi, Toshkent islom universiteti bilan hamkorlikda Markazga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish vazifasi yuklatildi.

Markaz manzili: 100002, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 47-uy. Muassasaga 2 ta avtotransport vositasi ajratilgan, jumladan bitta yengil xizmat va bitta navbatchi avtomobil.

manba: muslim.uz


Kiritilgan vaqti: 21/08/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2452
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/islom-madaniyati-markazi-oz-faoliyatini-qanday-olib-boradi
Chop etilgan vaqti: 11/10/2024 15:42
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing