Imomlarimiz mehnati e’tirof etildi
O‘zbekiston musulmonlari idorasida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan "Eng ma’rifatli imom – 2018" ko‘rik tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi (20 dekabr, 2018 yil). Unda tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bosqichida birinchi o‘rinni egallagan 14 nafar imom-xatib bellashdilar.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbar xodimlari, ulamolar, imom-xatiblar va ommaviy axborot vositasi xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirning Samarqand viloyati uchun alohida jihatlaridan biri shu bo‘ldiki unda ikki nafar imom xatibimizning yil davomida olib borgan mehnatlari qadrlanib, e’tirof etildi.
"Eng ma’rifatli imom – 2018" ko‘rik tanlovining vilotimiz bosqichi g‘olibi, respublika bosqichida sharafimizni himoya qilgan Qo‘shrabot tumanidagi "Domlo Omonullo" jome masjidi imom xatibi G‘anijon Abiyev garchi, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kirita olmagan bo‘lsada, chiqishlari munosib e’tirof etilib, "Eng innovatsion yondashuv" nominatsiyasi bo‘yicha taqdirladi.
"Eng ko‘p obuna uyushtirgan imom" nominatsiyasiga Pastdarg‘om tumanidagi "Nurul Islom" jome masjidi imomi Ozod Nazarov ega chiqdi. U o‘tayotgan 2018 yil uchun "Hidoyat" jurnali va "Islom nuri" gazetasi uchun respublika masjidlari ichida targ‘ibot yo‘li bilan eng ko‘p obuna tashkil eta olgan.
Ko‘rik tanlov yakuni bo‘yicha:
1 o‘ringa: Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi «Xudoyorhoji» jome masjidi imom-noibi Abduvohid Ahmadaliyev
2 o‘ringa: Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi «Kulolqo‘rg‘on» jome masjidi imom-xatibi Yahyoxon Abdurahmonov
3 o‘ringa: Toshkent viloyati Qibray tumanidagi «Sa’dullo ota» jome masjidi imom-xatibi Obidjon Mirhamidov munosib topildi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
"muslim.uz" portali ma’lumotlaridan foydalanildi
Kiritilgan vaqti: 22/12/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1584
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 22:46