IMOMLAR QIROATI KO‘RIKDAN O‘TKAZILMOQDA
2018 yil 5 fevral kuni Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom noiblarining qiroatini ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.
O‘tgan 2017 yilning 18 dekabrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining navbatdagi kengaytirilgan majlisi qarori bandlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu ko‘rikda vakillik huzurida tuzulgan hay’at tomonidan imom-xatib va noiblar qiroatining qoniqarlilik darajasi o‘rganilmoqda.
Hozirda Samarqand shahridagi masjidlar imom xatiblari va imom noiblari qiroati ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 05/02/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 2133
Chop etilgan vaqti: 03/12/2024 01:19