O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Imom-xatiblarimiz tomonidan olis va chegara hududlarida Juma namozlari o‘qildi

 
 

Bugun 23 oktyabr kuni viloyatimizning olis va chegara hududlarida joylashgan masjidlarga tajribali va salohiyatliimom-xatiblarning Juma namoziga tashrifi rejasi yuzasidan bugun chegara huddudida joylashgan masjidlarga Samarqand shahar “Lahutiy” jome masjidi imom-xatibi Utkir domla Umirqulov Bulung‘ur tumanida joylashgan “Olomon” masjidiga, Samarqand shahar “Ruhobod” jome masjidi imom-xatibi To‘lqin domla Amirov Urgut tumanida joylashgan “Boybul” masjidiga hamda olis hududlardagi masjidlarga esa Samarqand shahar “Qoroboy oqsaqqol” jome masjidi imom-xatibi Bobobek domla Abdurahimov, Paxtachi tumani joylashgan “Bolg‘ali” masjidiga Samarqand shahar “Qo‘shhovuz” jome masjidi imom-noibi Habibulloh domla Boyqobilov Urgut tumanida joylashgan “Beshkapa-2” masjidiga Samarqand shahar “Qo‘shboqqoli” jome masjidi imom-xatibi Jobir domla Rustamov, Kattaqo‘rg‘on tumani joylashgan “Yonbosh” masjidiga  tashrif buyurdilar.

Imom domlalarimiz mazkur masjidlarda yig‘ilgan namozxonlarga “MAVLIDUN NABIY MUBORAK!” mavzusi asosida sermazmun va'zu irshod qildilar.

Mavlid oyi Payg‘ambar alayhissalomning hayotlarini, muborak siyratlari va sunnati saniyyalarini yanada chuqurroq o‘rganish oyidir. Bu oyda ham, bundan keyin ham biz, mo‘min-musulmonlar, har bir ishda, har bir amalda u zotning sunnatlariga muvofiq yo‘lda yurishimiz, U zotga ergashishimiz zarur. Shunday ekan, biz, yoshi kattalar, ota-onalar yana bir karra zimmamizdagi mas'uliyatni chuqur his etib, yetishib kelayotgan yosh avlodni, farzandlarimizni O‘z robbisi va Rasulini taniydigan, ularga muhabbat qiladigan, sadoqatli va axloq-odobli, bilim va salohiyatli qilib tarbiyalamog‘imiz lozim bo‘ladi.

Shuni aytib o‘tish joizki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tavalludlarini nishonlash va bunda xursandchilik qilishni o‘ziga yarasha shar'iy dalillari, asoslari hamda manfaatlari bor. Musulmon ummati taqriban ming yildan buyon uni nishonlab kelmoqda. Islom ummatining tayanchi bo‘lgan bir qator ulamolar uni yaxshi amal sanashgan.

Juma namozi so‘ngida jamoat bilan Alloh taolodan yurtimiz tinchligini, butun dunyoga rahna solib turgan kasallikning insoniyat boshidan tezroq arishini so‘rab duoi xayrlar qilindi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 23/10/2020 15:20;   Ko‘rilganligi: 1211
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/imom-xatiblarimiz-tomonidan-olis-va-chegara-hududlarida-juma-namozlari-oqildi
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 23:27
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing