O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Imom-xatib o‘zi tahsil olgan maktabda...

 
 

Yurtning ertasi bo‘lmish yoshlarning ilm olish kasb va hunar egasi bo‘lishlari birinchi navbatda o‘zlarinig, qolaversa ota-onalarinig ham orzusi. Bu orzuga yetishish uchun talaba va o‘quvchilardan sabot va matonat talab qilinadi. Ilm olish yo‘lida chekilgan zahmat tufayli insondan sodir bo‘ladigan ba'zi juz'iy sahv va xatolar kechiriladi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Hamma narsalar, hatto daryodagi baliqlar ham ilm tolibining gunohlarini mag‘firat qilishini so‘rashadi” deb marhamat qilganlar.
Bugun Samarqand shahar “Domla Kamoliddin” jome masjidi imom xatibi Absalamov Ismatullo o‘zi ta'lim olgan Payarik tumanidagi № 10-maktab o‘quvchilariga maktab kutubxonasi uchun diniy-ma'rifiy adabiyot va jurnallar sovg‘a qildi. Shundan so‘ng o‘quvchi yoshlar bilan “Jaholatga qarshi ma'rifat”, “Ilmning fazilati” haqida ma'ruzalar qildi. Tadbir jarayonida o‘quvchilar bilan savol-javob viktorinasi ham o‘tkazilib, unda faol bo‘lgan o‘quvchilar esdalik sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 10/12/2020 15:07;   Ko‘rilganligi: 1208
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/imom-xatib-ozi-tahsil-olgan-maktabda
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 19:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing