O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Imom Buxoriy majmuasiga o‘ziga xos mehmonlar tashrif buyurdi

 
 

9 noyabr kuni 13 ta davlatdan kelgan 42 nafar nogironligi bor bo‘lgan fuqarolardan iborat xorijiy mehmonlar Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdilar.

Kiyev, Minsk, Moskva, Berlin, Ostono, Olma-Ota, Bishkek, Nyu-York, Yerevan, Baku kabi shaharlardan kelgan mehmonlarga viloyat bosh imom xatibi va Imom Buxoriy jome masjidi imomi Zayniddin domla Eshonqulov majmua haqida, uning islom olamida tutgan o‘rni, Imom Buxoriy bobomizning hayot va ijodi, majmuaning yaqin kelajakdagi istiqbollari haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

O‘ziga xos uslubda qurilgan majmua mehmonlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Haqiqiy iroda timsoli bo‘lgan ushbu mehmonlar Buxoriy bobomiz maqbarasi oldida suratga tushdilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 10/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 816
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/imom-buxoriy-majmuasiga-oziga-xos-mehmonlar-tashrif-buyurdi
Chop etilgan vaqti: 30/09/2020 21:00
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing