Ilm olishning ajri ulug‘dir
Qur'oni Karimning ilk oyati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga “O‘ki!” degan xitob bilan nozil bo‘lgan. Payg‘ambarimiz ham: “Beshikdan qabrgacha ilm izlang, ilmni Chin-mochinda bo‘lsa ham egallang”-, deya ta'lim berganlar. Zero, ilm insonni yuksaklikka undovchi kuchdir. Allohning irodasi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashib viloyatimizda faoliyat yuritayotgan otinoyilarimizning 30 nafari bugun, 21 dekabr kuni 7-davra o‘quv mashg‘ulotlarini yakunladilar. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib sertifikat bilan taqdirlandilar.
Otinoyilarimizning olgan ilmlari manfaatli va ikki dunyo saodat baxtiga erishuvlarida hujjat bo‘lsin.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 21/12/2019 15:27; Ko‘rilganligi: 907
Chop etilgan vaqti: 12/12/2024 01:14