O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yolg‘on xabar bo‘yicha RASMIY XABARNOMA

 
 

Shu yil 8 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga go‘yoki nomzodlar ko‘rib chiqilib, Azon.uz sayti ta'sischisi Mubashshir Ahmad ma'qullandi, degan mazmundagi xabar soxta va mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Mazkur asossiz xabar tarqalgan zahotiyoq, Azon.uz tahririyati ushbu xabar noto‘g‘ri ekani, unga ko‘r-ko‘rona ishonib ketmaslikka chaqirib, raddiya e'lon qildi.

Ta'kidlash zarurki, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida Usmonxon Alimov hazratlari faoliyatlarini davom ettirmoqdalar.

Biz, fazilatli muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga uzoq yillar mo‘min-musulmonlarimiz xizmatida bardavom bo‘lishlarini Alloh taboraka va taolodan so‘raymiz.

Aholi orasida asossiz va yolg‘on xabar tarqatish Islom dini ta'limotlariga ko‘ra, qattiq qoralanadi, qonunchilikda esa javobgarlikka tortilishini eslatib o‘tamiz.

O‘z navbatida mo‘min-musulmonlarni mana shunday fitna va ikkilanishlarga sabab bo‘ladigan yolg‘on xabarlarni tarqatmaslikka chaqiramiz.
Alloh taolo barchamizni to‘g‘ri yo‘lda sobitqadam qilsin!

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 10/08/2020 08:05;   Ko‘rilganligi: 1145
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ijtimoiy-tarmoqlarda-tarqalgan-yolgon-xabar-boyicha-rasmiy-xabarnoma
Chop etilgan vaqti: 16/07/2025 10:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing