O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlashga doir tadbir bo‘lib o‘tdi

 
 

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida “Diniy-ekstremistik oqimlar, missionerlik – davlat va jamiyatga tahdid” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 23 oktyabr kunida o‘tkazilgan tadbirda Samarqand shahridagi “Xo‘ja Nisbatdor” jome masjidi imom xatibi Boboxonov Boboxon ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Institutning professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda B.Boboxonov muqaddas islom dini mazmun mohiyati, uning adolat, baxt-saodat dini ekani, bugungi kunda g‘arazli kuchlar tomonidan amalga oshirayotgan buzg‘unchilarning dinimizga hech qanday aloqasi yo‘qligi haqida so‘zladi. Bu boradagi savollarga atroflicha javoblar qaytardi.

Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlashga doir tizimli ishlar olib borilmoqda.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 26/10/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 827
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ijtimoiy-manaviy-muhit-barqarorligini-saqlashga-doir-tadbir-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 23/09/2020 03:42
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing