O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

IBODATLARIMIZNI MAQBUL AYLASIN

 
 

2018 yil 21 avgust. Musulmon olami bu kunda islom dinidagi eng buyuk bayramlardan biri – Qurbon hayiti bayramini nishonladilar.

Erta tongdan opa-singillarimiz ko‘chalarga suv sepib mahallalarimiz fayziga fayz qo‘shdilar. Ibodatga otlangan namozxonlar qalblarida o‘zgacha shukuh, xursandchilik ila masjidlarimizni obod etdilar.

Bugun Samarqand viloyati jome masjidlarida hayit namozi o‘qildi. Ibodat davomida imom domlalarimiz xalqimizni shukronalik, ezgulikka chorladilar. Tinchlikni qadrlash, yon-atrofda bo‘layotgan hodisotlarga teran nazar bilan qarash, beparvolik va loqaydlikdan yiroqlashishga chaqirdilar. Yurt rivoji, xalq farovonligiga daxldorlik hissi bilan yashash lozimligini yana bir bor eslatdilar.

“Mehribonlik”, “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida istiqomat qilayotganlar, joylardagi mehr-muruvvatga, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtojlar holidan xabar olindi. Ularga ko‘plab, moddiy-ma’naviy yordamlar ko‘rsatildi.

Qo‘llar duoga ochildi, Yurtboshimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlarga Yaratgandan rivoj so‘raldi, yosh avlodning kamol topishi, diyorimiz hamisha omonlikda bo‘lishi, kundan kunga rivoj topib, xalqimiz farovonligi ziyoda bo‘lishi so‘rab qolindi.

Ushbu kunda qilingan ibodatlarni dargohida maqbul, duolarimizni mustajob aylasin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining

Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 21/08/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1699
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ibodatlarimizni-maqbul-aylasin
Chop etilgan vaqti: 02/12/2024 15:43
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing