Ibodatdan keyingi eng afzal amallardan biri – mo‘minlar qalbiga xursandchilik ulashish
Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam: “Ibodatdan keyingi eng afzal amallardan biri – mo‘minlar qalbiga xursandchilik ulashish”, deb marhamat qilganlar.
Haqiqatan ham, bir insonga yaxshilik qilib, uning ko‘nglini ko‘tarish, ruhiy tasalli berish – dinimizda ajri ulug‘ amal hisoblanadi. Mana shunday hikmatni o‘ziga shior qilib olgan Urgut tumani bosh imom-xatibi Shodi domla Haqberdiyev savobli ishlar qilishda davom etmoqda.
Xabaringiz bor, shu kunlarda Urgut tumani bosh imom-xatibi Sh.Haqberdiyev boshchiligidagi imom-xatiblar tumani aholisi bilan muloqot qilib, namozxonlar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazib kelishmoqda. Mehr-muruvvatga, e'tiborga, ko‘makka muhtoj insonlarning dardu tashvishlari eshitilib, ularni qiynab turgan masalalar hal etilmoqda.
Bugun ham shunday savobli ishlarga Tumandagi mehr muruvvat uyida istiqomat qiluvchi o‘ksik ko‘ngillardan hol-ahvol so‘raldi, xayru ehsonlar ulashildi, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 03/12/2020 18:52; Ko‘rilganligi: 1033
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 19:45