O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Hormang paxtakorlar!

 
 

Paxta dalalaridan fotoreportaj

Hozir yurtimizda kuz fasli bo‘lganligi sababli dalalarmizda paxta hosili pishib yetilgan. Paxta hosilining ko‘p qismi yig‘ishtirib olindi. Hali ancha paxta dur kabi oppoq bo‘lib, ayni terimga shay bo‘lib turibdi. Bobodehqonning zahmatli mehnatlari samarasi bo‘lgan mana shu mo‘l hosilni birortasini ham nes-nobud qilmagan holda terib olish, sarflangan mehnatning samarasini ko‘rish, uni isrof etmagan holda yig‘ib olish uchun barchamiz qaysi soha vakili bo‘lishimizdan qat'iy nazar birdek harakat qilishimiz zarur.

Viloyatimizdagi barcha soha vakillari kabi Samarqand viloyati diniy soha vakillari ham paxta yig‘im-terimida hormay tolmay mehnat qilayotgan mehnatkashlar, hasharchilarga har tomonlama yordam qo‘llarini cho‘zmoqdalar. Imom-xatiblar, masjid xodimlari va masjid qavmi terimchilarga Allohdan kuch quvvat tilab, paxta terimida hasharda ishtirok etishmoqda va qo‘llab-quvvatlash maqsadida eng ilg‘or, faol zahmatkash terimchilarni moddiy rag‘batlantirish orqali o‘z hissalarni qo‘shmoqda.

 

 

  

 

 

 

Alloh taolo xirmoningizga baraka bersin, barcha fidokor dehqon va mehnatsevar hasharchilarga kuch-quvvat va salomatlik ato qilsin!

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 21/10/2019 16:31;   Ko‘rilganligi: 1295
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/hormang-paxtakorlar
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 21:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing