Hojilarimiz mavqelari yuksalmoqda
“Hajga borgan o‘zbekistonlikdan madaniyat
va ilmning hidi kelishi kerak”.
Shavkat Mirziyoev
Saytimiz orqali oktyabr oyining avvalidan boshlab 2018 yilgi haj mavsumiga borib qaytgan hoji ota va hoji onalar bilan tashkil etilayotgan uchrashuvlar orqali ularni ijtimoiy-ma’anaviy muhit barqarorligini ta’minlash ishlariga keng jalb qilinayotgani to‘g‘risida xabarlar e’lon qilib kelmoqdamiz. Bu gal uchrashuv Samarqand tumanida tashkil etildi.
5 noyabr kunida bo‘lib o‘tgan tadbirda hojilarimiz tomonidan maxsus hisobdan chiqarilgan fuqarolar, jazoni o‘tash mauassasalaridagilarning oila a’zolari, ijtimoiy og‘ir holdagi oilalarga qilingan tashrif, berilgan ma’naviy-ruhiy ko‘maklar, bartaraf etilgan muammolar xususida suhbatlashildi.
Bu borada yanada samarali faoliyat yuritishga doir yo‘nalish va maslahatlar berildi.
Ta’kidlash lozimki, hojilarimiz tomonidan qilinayotgan sa’y-harakatlar natijasi o‘laroq ularning xalq orasida mavqelari oshmoqda.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 05/11/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1442
Chop etilgan vaqti: 04/12/2024 13:58