HOJILARIMIZ EHROM LIBOSIDAN CHIQDILAR
Muzdalifa maydonida ibodatlarini nihoyasiga yetkazgan yurtdoshlarimiz qatorida samarqandlik hojilar ham Mino vodiysiga sog‘-salomat qaytib keldilar. Qurbon hayiti munosabati bilan bir-birlarini qutladilar va ular uchun tayyorlangan jonliqlar qurbonlik qilingandan so‘ng, sochlarini oldirdilar va shu kunning o‘zida yetti donadan shaytonga tosh otib, ehrom libosidan chiqdilar.
Eslatib o‘tamiz, hojilarimiz hayitning ikkinchi va uchinchi kunlari yigirma bir donadan tosh otib, haj ibodatini o‘z nihoyasiga yetkazadilar va tashkiliy ravishda mehmonxonalarga qaytadilar.
Alloh taolo barchaning hajini qabul aylagan bo‘lsin!
“MUSLIM.UZ” dan
Kiritilgan vaqti: 14/09/2016 00:00; Ko‘rilganligi: 3157
Chop etilgan vaqti: 11/02/2025 14:34