O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Hojilar ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash ishlariga ko‘maklashmoqdalar

 
 

“Hajga borgan o‘zbekistonlikdan madaniyat

va ilmning hidi kelishi kerak”.

Shavkat Mirziyoev

Hoji ota, safarga ketishni mo‘ljallab turgandim, oq yo‘l so‘rab duo qilib bersangiz. Hoji ota, Xudo xohlasa to‘y boshlab qo‘ydik, bu yog‘iga o‘zingiz bosh-qosh bo‘lasiz. Hoji ota, o‘g‘lim o‘qishga kirish uchun imtihon topshirishga ketdi, haqqiga duo qiling. Hoji ota, farzandimga biroz bemorlik yetib qoldi, duo qiling, Allohim shifo bersin. Bugun farzandli bo‘ldim, hoji ota. Sizday piri badavlat bo‘lsin...

Darhaqiqat, yuqoridagi kabi keltirilgan jumlalar kunda, kunora qulog‘imizga chalinib turadi. Ba’zan ularning so‘zlovchisi o‘zimiz bo‘lamiz. Bu bejizga emas, albatta. Xalqimiz azal-azaldan hoji ota va hoji onalarni ardoqlab, ulardagi pokiza ruhdan nasibador bo‘lishga intilishi oqibatida ushbudek munosabatlar yuzaga kelgan. Zero hadisi sharifda “Kim Alloh uchun haj ibodatini nojo‘ya so‘z so‘zlamay, fisqu-fujur qilmay ado etsa, onasidan tug‘ilgan kunidagidek (gunohlardan poklanib) qaytadi”,- deyilgan.

Shu binoan hozirda hojilarimiz mahallalarda aholi ma’rifatini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlariga jalb qilinmoqdalar.

Hojilarimiz maxsus hisobdan chiqarilgan fuqarolar, jazoni o‘tash mauassasalaridagilarning oila a’zolari, ijtimoiy og‘ir holdagi oilalarga tashrif buyurib, ularga ma’naviy-ruhiy ko‘mak berish, muammolarini bartaraf etishga yordamlashish, ijtimoiylashuvlariga ko‘maklashish kabi ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Shu kecha-kunduzda hojilar bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni samarali tashkil etishga doir uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. 2 oktyabrdan boshlangan tadbirlar tasmasi oy oxiraga qadar davom etadi.

Hozirga qadar Jomboy, Bulung‘ur, Oqdaryo va Ishtixon tumanlarida mazkur tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 06/10/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1420
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/hojilar-ijtimoiy-manaviy-muhit-barqarorligini-saqlash-ishlariga-komaklashmoqdalar
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 15:08
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing