O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Hindistonlik alloma Imom Buxoriy majmuasida bo‘ldi

 
 

Hadis ilmida dunyo imomi, hadis mulkining amiri  nomlarini olgan Imom Buxoriy rahmatullohi alayhning qo‘nim topgan ravzalari Islom olamida yuksak e'tiborga ega bo‘lgan maskanlardan hisoblanadi. U zotni ziyorat qilish uchun butun islom olamidan ziyoratchilar, olimu talabalar tashrif buyuradilar.

8 noyabr kuni yurtimizga kelgan hadis ustozi, alloma, muhaddis, tanqidchi shayx muftiy Abdulloh ibn Umar Bashir Ma'rufiy al-A'zomiy al-Hindiy boshchiligidagi mehmonlar O‘zbekiston bo‘ylab safar qilmoqdalar. Bugun, 11 noyabr kuni mehmonlar Islom olamida katta hurmat bilan tilga olinadigan Imom al-Buxoriyning qabrlari joylashgan ziyoratgoh va hadis maktabida bo‘ldilar. Avval Imom Buxoriy hazratlarining qabrlari ziyorat qilindi. Tilovat va duolardan so‘ng majmua yonida joylashgan hadis maktabida bo‘lib, bu maskanda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv jarayonida muhaddis, tanqidchi shayx muftiy Abdulloh ibn Umar Bashir Ma'rufiy hadis ilmidan mav'izalar qildi.

Mehmonlarning ushbu tashrifi chog‘ida ularga hadis maktabi rektori Olimxon Yusupov va ustoz Mahmudjon domla Ibodullayev hamrohlik qildi.

Shuningdek, yurtimizda mehmon bo‘lib turgan doktor Djanadi Bimo Prakoso boshchiligdagi Indoneziya mamlakatining turzimni rivojlantirish bo‘yicha delegatsiyasi ham Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi. Mehmonlar buyuk bobokalonimizning maqbaralarini ziyorat qildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 11/11/2019 16:19;   Ko‘rilganligi: 1397
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/hindistonlik-alloma-imom-buxoriy-majmuasida-boldi
Chop etilgan vaqti: 19/05/2024 07:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing