O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Hazrati muftiyga qarab tosh otma!!!

 
 

Buyuk bir davlatning muftiysi hazrat

Hurmatlab olimga e’tibor qarat

Ustozdan o‘rnak ol dilingni yayrat

O‘zingni botir-u mardga o‘xshatma

Hazrati muftiyga qarab tosh otma

Cho‘ponlar zararga boqmaydi ko‘yin

Qo‘radan chiqarmas bo‘lganda quyun

Muftiyot ishini qilmagin o‘yin

O‘zingni botir-u mardga o‘xshatma

Hazrati muftiyga qarab tosh otma

Boshliqqa itoat qilmoqlik savob

Har bitta fatvoga bergaydir javob

Ustozdan ilmlar o‘rgangan bob-bob

O‘zingni botir-u mardga o‘xshatma

Hazrati muftiyga qarab tosh otma

Hazrati muftiymiz to‘g‘ri fikrda

Din uchun xizmatda qalbi zikrda

Davomiy ne’matlar asli shukrda

O‘zingni botir-u mardga o‘xshatma

Hazrati muftiyga qarab tosh otma

Tosh otgin dinini sotganlarga sen

Vatanga qarab o‘q otganlarga sen

Tosh otgin nafsingda yotganlarga sen

O‘zingni botir-u mardga o‘xshatma

Hazrati muftiyga qarab tosh otma

Hamjixat bulaylik unda xikmat ko‘p

Eng katta halokat bo‘linsak to‘p-to‘p

Vatanning tuprog‘in sajda qilib o‘p

O‘zingni botir-u mardga o‘xshatma

Hazrati muftiyga qarab tosh otma

Boqoniy so‘zlari ayni haqiqat

Farosat ila sen o‘ylab ko‘r faqat

Bilganing bilmasmi muftiyot nahot

O‘zingni botir-u mardga o‘xshatma

Hazrati muftiyga qarab tosh otma

Otabek Boqoniy


Kiritilgan vaqti: 03/10/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 843
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/hazrati-muftiyga-qarab-tosh-otma
Chop etilgan vaqti: 20/09/2020 09:31
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing