O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Hasan Normurodov 80 yoshda

 
 

Samarqand viloyati hokimligida O‘zbekiston Qahramoni Hasan Normurodov tavvaludining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda xalq deputatlari viloyat kengashi faollari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda Prezidentimizning yurt Qahramoniga yo‘llagan tabrigini Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva o‘qib eshittirdi.

Viloyat “Nuroniy” jamg‘armasini 2003 yildan buyon sabr va eng muhimi fidoiylik bilan boshqarib kelayotgan Hasan Normurodovni ushbu muborak sana bilan Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov ham  qutlab, yana ko‘p yillar davomida jamiyatimiz ravnaqi yo‘lida mustahkam, yoshlarga bosh-qosh va nasihatgo‘y bo‘lib, sog‘-salomat yurishlarini tiladi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 16/11/2019 15:20;   Ko‘rilganligi: 1441
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/hasan-normurodov-80-yoshda
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 12:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing