Hamdardlik maktublari kelishi davom etmoqda
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov rahimahullohning vafotlari munosabati bilan xorijiy mamlakatlar muftiylari, nufuzli tashkilotlar rahbarlari, davlat va din arboblari nomidan hamdardlik maktublari kelmoqda.
Hamdadlik maktublarida muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining Islom dini ma'rifatini keng yoyish, mo‘min-musulmonlar ehtiyojini ta'minlash va xalqlar do‘stligini mustahkamlashdagi xizmatlarini Haq taolo husni qabul aylab, ulkan ajru savoblar ato etishini so‘ralgan.
Muftiy hazratlari 50 yildan ortiq din xizmatida o‘z ishlariga astoydil yondoshishlari, boshqarishdagi dono rahbarliklari, odamlar bilan muloqotda zukko, ilmiy izlanishlarda qat'iyatliliklari bilan Diniy idora faoliyatini yangi bosqichga ko‘targanliklari maktublarda alohida qayd etilgan.
O‘zbekiston xalqi, mo‘min-musulmonlari, muftiy hazratlarining safdoshlari, ahli oilalari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirishi maktublarda so‘ralgan.
Jumladan:
Shanxay hamkorlik tashkiloti;
UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi;
Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchixonasi;
Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi;
Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi;
Livandagi Azhari sharif bitiruvchilari xalqaro uyushmasi;
Rossiya musulmonlari markaziy diniy idorasi;
Rus pravoslav cherkovi Bishkek va Qirg‘iz yeparxiyasi;
Rossiya va Novo-Naxichevan yeparxiyasi Markazlashtirilgan diniy tashkilot Muqaddas arman Pravoslav pravoslav cherkovi;
Rim katolik markazi;
O‘zbekiston Bibliya jamiyati;
Markaziy Osiyo metropoliten okrugi Toshkent va O‘zbekiston metropoliteni;
“Tero” Toshkent yahudiy diniy hamjamiyati;
O‘zbekiston to‘liq yevangeliy xristianlar markazi;
Toshkent shahar Baxoiy ruhoniy kengashi;
Toshkent shahar novoapastol cherkovi;
Toshkent shahar Krishna shuuri jamiyati;
Nemis yevangel-lyuteranlar jamoasi;
Toshkentdagi yettinchi kun adventistlar xristian cherkovi;
Navoiy shahar “Golos bojiy” xristian cherkovi.
Hamdardlik maktublari kelishda davom etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 18/08/2021 14:41; Ko‘rilganligi: 967
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 21:33