Haj va umra uchun yangi aviakompaniya ochiladi
Bugun Toshkent shahrida Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum (UAALF-2020) xalqaro aviatsiya forumida qatnashayotgan Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning ma'lum qilishicha, tez orada O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston Musulmonlari Idorasi va Saudiya Arabistoni Podshohligining “Hidaya Groups” kompaniyasi hamkorligida Hidaya Airlines nomli yangi aviakompaniya ochiladi.
Bu aviakompaniya O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida umra safari uchun bevosita parvozlarni hamda “Umrah+“ dasturi bo‘yicha Indoneziya, Malayziya kabi davlatlardan umra safariga boruvchilarning O‘zbekiston orqali parvoz qilishlarini tashkillashtiradi.
Manba: Azon.uz
Kiritilgan vaqti: 19/02/2020 15:21; Ko‘rilganligi: 961
Chop etilgan vaqti: 11/09/2024 07:58