O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Hadis ilmi maktabida kirish imtihonlari boshlandi

 
 

Bugun, 9 iyul kuni Hadis ilmi maktabiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “Hadis va Mustalahul hadis” hamda “Arab tili” fanlaridan kirish ijodiy imtihoni bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yilning 6 iyul kuni Hadis ilmi maktabiga hujjat topshirgan abituriyentlarga “Hadis ilmi maktabiga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom” talablari bo‘yicha ijodiy imtihon va test sinovlarini o‘tkazish tartib-qoidalarini tushintirish bo‘yicha konsultatsiya o‘tkazilgan edi.

Shuningdek, abituriyentlarga ijodiy imtihon bo‘lib o‘tadigan auditoriya, test jarayoniga ajratiladigan vaqt, javoblar varaqasini to‘g‘ri to‘ldirish, imtihonga abituriyent tomonidan uyali telefon va boshka aloqa vositalari, lug‘at va shpargalkalarni olib kirish va foydalanish qat'iyan taqiqlangani, imtihon o‘tkazish tartibini buzmaslik bo‘ycha muhim eslatma va ko‘rsatmalar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 iyul kuni, ya'ni ertaga “O‘zbekiston tarixi” fanidan test sinovi bo‘lib o‘tadi.

Manba: bukhari.uz


Kiritilgan vaqti: 09/07/2019 17:17;   Ko‘rilganligi: 1066
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/hadis-ilmi-maktabida-kirish-imtihonlari-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 18/06/2024 20:34
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing