Hadis ilmi maktabida 2019-2020 o‘quv yili qabul imtihonlari oldidan konsultatsiya bo‘lib o‘tdi
Bugun 2019 yilning 6 iyul kuni Hadis ilmi maktabida 2019-2020 o‘quv yili qabul imtihonlari oldidan konsultatsiya bo‘lib o‘tdi.
Konsultatsiyada maktab rektori, qabul hay'ati raisi O.Yusupov, pedagog-o‘qituvchilar hamda abituriyentlar ishtirok etishdi. Abituriyentlarga “Hadis ilmi maktabiga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom” talablari bo‘yicha ijodiy imtihon va test sinovlarini o‘tkazish tartib qoidalari, jumladan, “Arab tili”, “Hadis va Mustalahul hadis” fani buyicha ijodiy imtihon biletlari o‘rta maxsus diniy ta'lim muassasalarining o‘quv dasturlari asosida tayyorlanganligi, ijodiy imtihon mamlakatimizning yetakchi soha mutaxassislari tomonidan o‘tkazilishi, shuningdek, ijodiy imtihon bo‘lib o‘tadigan auditoriya, abituriyentga tayyorgarlik ko‘rish uchun har bir fan bo‘yicha beriladigan vaqt reglamenti, test jarayoniga ajratiladigan vaqt, javoblar varaqasini to‘g‘ri to‘ldirish, imtihonga abituriyent tomonidan uyali telefon va boshka aloqa vositalarini, lug‘at va shpargalkalarni olib kirish va foydalanish qat'iyan ta'qiqlangani, imtihonni o‘tkazish tartibini buzmaslik kabi muhim ma'lumotlar berildi. Abituriyentlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilining 9 iyul kuni Hadis ilmi maktabiga kirish uchun “Hadis va Mustalahul hadis” hamda “Arab tili” fanlaridan ijodiy imtihon, 10 iyul kuni esa “O‘zbekiston tarixi” fanidan test sinovlari bo‘lib o‘tadi. Imtihonlar soat 08:00 dan boshlab o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 06/07/2019 16:58; Ko‘rilganligi: 1110
Chop etilgan vaqti: 08/11/2024 16:21