O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

G‘OLIBLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

 
 

2018 yil 23 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyat vakilligida 18-21 yanvar kunlari o‘tkazilgan Qur’oni karim musobaqasining hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda shahar va tuman bosh imom xatiblari ham ishtirok etdilar.

Hududiy bosqich g‘oliblarini viloyat boshqichiga tayyorlash maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov yig‘ilganlarni o‘tgan Qur’on bayrami bilan, xususan, g‘oliblarni birinchi o‘rinni qo‘lga kiritganlari bilan yana bir bor muborakbod etdi. Viloyat bosqichida yanada ko‘proq tayyorgarlik ko‘rish, bor mahoratlarni ishga solib, musobaqaning yuqori saviyada o‘tishiga harakat qilish lozimligini ta’kidladi. Bu borada qator tavsiyalarni berib o‘tdi.

Hududiy bosqich singari va undan ham yuqori saviyada viloyat bosqichini o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro maslahatlashildi.

Uchrashuv so‘ngida Qur’oni karim tilovat qilinib, yurtimiz tinchligi ziyoda bo‘lishi, Qur’onning fayzi, barokoti yurtimiz bo‘ylab yog‘ilishini so‘rab duo qilindi.

Tilovat savobi Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be viloyatida sodir bo‘lgan fojiali voqea oqibatida halok bo‘lgan yurtdoshlarimizning ruhlariga bag‘ishlandi.

O‘MI viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 23/01/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1161
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/goliblar-bilan-uchrashuv-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 29/09/2020 06:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing