Din ishlari bo‘yicha qo‘mita masjidlar faoliyatiga doir izoh berdi
Izoh: diniy ibodatlarni bajarish yuzasidan
✅Avval xabar berganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan shu yil 17 avgust, dushanba kunidan e'tiboran yurtimizdagi barcha diniy tashkilotlar o‘z faoliyatini davom ettiradi.
❗️Shu o‘rinda, “Barcha diniy tashkilotlar” deganda yurtimizdagi barcha din vakillariga tegishli ibodat maskanlari nazarda tutilganini eslatib o‘tish lozim. Bunga masjidlar, cherkovlar, sinagogalar va boshqalar kiradi.
❓❗️Ayni damda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilayotgan ayrim savollar va mulohazalarga oydinlik kiritish maqsadida quyidagilarni ma'lum qilamiz.
❇️Birinchidan, masjidlarda kunlik besh mahal namoz, cherkov, sinagoga va boshqa ibodat maskanlarida har kunlik ibodatlar to‘liq bajariladi.
❇️Ikkinchidan, masjidlarda juma namozi, cherkov va sinagogalarda bajariladigan shanba va yakshanba kunidagi ommaviy ibodat marosimlari Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq vaqtincha to‘xtatib turiladi.
✔️Muhtaram yurtdoshlar, belgilangan karantin tartib-qoidalariga amal qilaylik. O‘zimiz va yaqinlarimiz salomatligini asrab-avaylaylik!
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
Matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 13/08/2020 10:08; Ko‘rilganligi: 1112
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 08:00