O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Chet tillar institutida uchrashuv

 
 

6 noyabr kuni oliy ta’lim muassasalarida “Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish” mavzusida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlarning navbatdagi bekati Samarqand chet tillar institutiga yo‘naltirildi.

Institutning professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari bilan mazkur mavzuda uchrashuv va qizg‘in suhbatlar o‘tkazildi.

Tadbirda ma’ruzachi sifatida ishtirok etgan viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari Yo.Mansurov tomonidan jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, millatlar va dinlararo hamjihatlikni mustahkamlash, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashning dolzarb yo‘nalishlari, ogohlik va hushyorlikni oshirish kabi mavzularda ma’ruzalar qilinib, muhokamalar olib borildi.

Uchrashuvlar davom etadi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 06/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 664
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/chet-tillar-institutida-uchrashuv
Chop etilgan vaqti: 29/09/2020 18:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing