Chekka hudularga tashrif davom etmoqda
Chekka, viloyat markazidan uzoq masofada joylashgan masjidlarda juma namozini o‘qish, namozxonlar bilan uchrashish maqsadida Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov belgilangan reja asosida joylarda bo‘lib turibdi. Navbatdagi tashrif Ishtixon tumani “Dehqonobod” jome masjidi va Kattaqo‘rg‘on tuman “Chig‘atoy” masjidlariga bo‘ldi. Viloyat bosh imom-xatibi samimiy suhbat va do‘stona munosabatlar tarzida o‘tgan uchrashuvda namozxonlarni bugungi tinchlik va osoyishtalikka shukrona keltirish, yoshlarni tarbiyasiga mas'uliyat bilan yondashishga, shu muqaddas zaminda O‘zining ibodatini ado etib, yaxshilik bilan hayotga kechirishga chaqirdi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 16/11/2019 16:56; Ko‘rilganligi: 1157
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 10:24