Bulung‘ur tumani “Xo‘ja Hofiz” masjidida yangi tahoratxona ishga tushdi
Bulung‘ur tuman “Xo‘ja Hofiz” masjidi tahoratxonasi homiylar ko‘magi bilan zamonaviy holatga keltirilib, foydalanishga topshirildi. Namozxonlar uchun qulay sharoitlar yaratildi. Issiq-sovuq suv, sochiq, sovun kabilar bilan jihozlangan tahoratxona olti o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bitta yuvinish xonasi ham namozxon va masjid xodimlari foydalanishi uchun hozirlab qo‘yildi.
Albatta, tuman markazidan uzoqda joylashgan masjidlarda mana shunday talab darajasidagi tahoratxonalarning ishga tushirilishi quvonarli holatdir. Ushbu xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shgan barcha tashkilotchi va quruvchilarning nomai a'mollariga Yaratganning O‘zi savoblar bitsin!
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 15/11/2019 15:17; Ko‘rilganligi: 2492
Chop etilgan vaqti: 11/02/2025 13:48