O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bulung‘ur tumani imom xatiblari ziyoratda

 
 

Bulung‘ur tumanida faoliyat yuritayotgan rasmiy imom xatib va imom noiblari Samarqand viloyatining diqqatga sazovar joylarini ziyorat qildilar. Ziyoratning avvalida dastlab hadis ilmining sultoni Imom al-Buxoriyning qabrlari ziyorat qilinib, haqlariga tilovat va duo qilindi. Shundan so‘ng, Imom al-Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Hadis ilmi maktabida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtrish ishlari, ilmiy xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Ziyorat davomida Bulung‘ur tumani “G‘ishtli” jome masjidi imom xatibi Kuliyev Xolmuhammad domla o‘zining shaxsiy kutubxona fondidagi 4 ta qo‘lyozma kitoblarini Imom al-Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqotlar markazi kutubxonasiga topshirdi.

Shundan so‘ng imom xatib va imom noiblar “Mahdumi Azam” masjidi, “Shohi Zinda” majmuasi va “Go‘ri Amir” maqbaralarini ham ziyorat qildilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 27/02/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 807
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/bulungur-tumani-imom-xatiblari-ziyoratda
Chop etilgan vaqti: 25/06/2021 18:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing