Bulung‘ur tuman imom-xatib va mutavallilari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
Har bir tashkilot yoki korxonada ish yuritishni bevosita asosiy hujjatlar tashkil qiladi. Biron-bir korxona, muassasa yoki tashkilotning faoliyatini bugungi kunda ana shu hujjatlarsiz mutlaqo tasavvur qilish mumkin emas.
Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo‘lgan hujjatlar kattayu-kichik mehnat kollektivlarining umuman kishilik jamiyatining uzliksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Shu bois kuni kecha 07 iyul' kuni viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov viloyat vakilligi binosida Bulung‘ur tumanida joylashgan masjid imom-xatiblari hamda masjid mutavalli (hisobchi)lari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda masjidlarning faoliyatini yanada takomillashtirish, hujjatlarni qonunda belgilangan tartibda yuritishga oid masalalar ko‘rib chiqildi. Bu borada viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov imom-xatib va hisobchilarga o‘zining kerakli tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 08/07/2020 12:12; Ko‘rilganligi: 918
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 12:06