O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bugun Samarqand shahri kuni

 
 

Ma'lumki, 1996 yildan boshlab 18 oktyabr “Samarqand kuni“ sifatida keng nishonlanadi. Ushbu kunda shahar o‘zgacha shukuh taratadi. Shaharning har burchaklarida bayram kayfiyati kezib yuradi.

Bugun ham an'anaga ko‘ra, erta tongda viloyat, shahar hokimliklari, davlat va jaomat tashkilotlari vakillari Amir Temur maqbarasini ziyorat qildilar. Samarqand shahri kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan asosiy bayram tadbirlari Sohibqiron Amir Temur maqbarasini ziyorat qilish bilan boshlandi. O‘tgan buyuk ajdodlarimiz ruhiga bag‘ishlab Qur'on tilovat qilindi. Ushbu tadbirda O‘MI Samarqand viloyat vakili Z.Eshonqulov, Samarqand shahar bosh imom xatibi N.Islamovlar ishtirok etdi.

Bayramona bezatilgan Samarqand ko‘chalari erta tongdan aholi bilan gavjum. Registon ko‘chasi, Universitet xiyoboni, Ko‘ksaroy maydoni, Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘ida shahardagi ta'lim muassasalari jamoalari, yoshlar ittifoqi faollari, hunarmandlar tomonidan turli ko‘rgazma va yarmarkalar, madaniy dasturlar, milliy sport o‘yinlari namoyish etilmoqda.

Ayni paytda shahardagi bog‘ va xiyobonlar, ta'lim muassasalari, mahallalarda bayram tadbirlari davom etmoqda.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 18/10/2019 12:46;   Ko‘rilganligi: 939
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/bugun-samarqand-shahri-kuni
Chop etilgan vaqti: 12/05/2024 19:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing