O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bugun 24 iyul kuni bir guruh ulamolardan tarkib topgan targ‘ibot guruhi Samarqand viloyatining bir necha tumanlariga borishdi.

 
 

Bugun 24 iyul kuni bir guruh ulamolardan tarkib topgan targ‘ibot guruhi Samarqand viloyatining bir necha tumanlariga borishdi.

Jumladan, Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari A.Yunusov, Toshkent shahar “Minor” masjidi imom-xatibi F.Ubaydullayev, Toshkent shahridagi “Dorussalom” jome' masjidi imom-xatibi M.Abduqodirovlar Samarqand shahar Ruhobod jome' masjidi imom-xatibi T.Amirov hamrohligida viloyatning Narpay tumanida bo‘lishib, tashrifni aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj vakillari oilalaridan xabar olishdan boshlashdi.
Xususan, tumandagi Amir Temur mahallasida yashovchi Ibrohim Eshmonov hamda Alisher Navoiy nomli mahallada istiqomat qiluvchi Olimjon Norboyevlar xonadonlariga borilib, VAQF xayriya jamot fondi ta'sis etgan sovg‘alar taqdim etildi.

Tashriflar davom etmoqda...

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 24/07/2021 13:34;   Ko‘rilganligi: 580
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/bugun-24-iyul-kuni-bir-guruh-ulamolardan-tarkib-topgan-targibot-guruhi-samarqand-viloyatining-bir-necha-tumanlariga-borishdi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 22:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing