O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bosh imom-xatiblarning sayyor yig‘ilishi Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tmoqda

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi o‘z ish rejasiga asosan har oyda ikki marta shahar va tuman bosh imomlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazib unda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tadi. Xabaringiz bor, 2020 yil boshidan buyon ushbu yig‘ilishlar sayyor tarzida o‘tmoqda.

Bugun, 10 mart kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tmoqda. Rejaga asosan imom-xatiblar dastavval18 ta guruhga taqsimlandilar. Maqsad, Kattaqo‘rg‘on tuman va shaharda joylashgan 36 ta masjidlarning faoliyati bilan tanishish, peshin namozida ishtirok etib, jamoat bilan suhbat uyushtirish, aholi, ta'lim muassasalari o‘quvchilari bilan suhbatlashish, mavjud qabriston, bozor, savdo shahobchalarida bo‘lish kabi vazifalarni bajarishdir. Viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari X.Sattarov imom-xatiblarga ushbu yo‘nalishda zaruriy ko‘rsatma va tavsiyalarni bergach ishchi guruh yo‘lga tushdi. Soat 14:00 da esa yakuniy yig‘ilish bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Shuningdek, bosh imom-xatib o‘rinbosari X.Sattarov Kattaqo‘rg‘on tumanida faoliyat olib borayotgan otinoyilar bilan ham yig‘ilish o‘tkazdi. Unda otinoyilarning vazifalari, jamiyatdagi mavjud illatlarni isloh etishdagi o‘rni, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik, oilalarning buzilishini oldini olish kabi ishlarda faollik ko‘rsatishlari borasida eslatib o‘tdi. O‘z o‘rnida otinoyilar ham ish faoliyatiga oid savollar bilan murojaat qilib, o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Saytimiz orqali yig‘ilish va uning doirasidagi tadbirlar haqida ma'lumotlar berib boramiz. 

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 10/03/2020 10:56;   Ko‘rilganligi: 906
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/bosh-imom-xatiblarning-sayyor-yigilishi-kattaqorgon-tumanida-bolib-otmoqda
Chop etilgan vaqti: 19/05/2024 05:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing