O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

BIZ BOYLIKNI “JAMLASHDA” DEB BILGAN EDIK ASLIDA U “SARFLASHDA” EKAN

 
 

O‘z oldiga yuksak, savobli, oliyjanob maqsadlarni vazifa qilib qo‘ygan “Mehr ulash” nomli rasmiy xayriya guruhi mamlakatimiz bo‘ylab kam ta'minlangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga, imkoniyati chegaralangan insonlarga, bemor, ota-onasidan erta judo bo‘lgan bolajaonlarga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatib, mehr ulashib kelmoqda.

Bugun, guruh a'zolari Samarqand viloyatiga xayriya ehsonlari bilan tashrif buyurdilar. Xayriya tadbiri tashkilotchilarini Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov qabul qildi. Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar Mahmudov, faxriy imomlarimizdan ustoz Mahmudjon domla Ibodullayevlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan qabul marosimida “Mehr ulash” rasmiy xayriya guruhi a'zolari o‘zlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar haqida so‘lab berishdi. Bugun esa Samarqand shahar va tumanlardagi ota-onasidan judo bo‘lgan chin yetimlarga ro‘zg‘orlik ehsonlari tarqatish niyatida ekanliklarini aytdilar.

Shundan so‘ng ushbu xayriya guruhining olib borayotgan savobli ishlariga baraka hamda bu tadbirlarga hissa qo‘shayotgan saxovatpesha insonlarning ajru savoblarini ziyoda bo‘lishini tilab duoi xayrlar qilindi. Xayriya tadbiri doirasida guruh tomonidan 50 nafar yetim bolalar holidan xabar olinib, ularga ro‘zg‘orlik ehsonlari ulashildi. Ehson tashkilotchilariga mahalliy imom-xatiblar hamrohlik qildi.

Alloh taolo ehson qilgan birodarlarimizning ehsonlarini qabul qilsin, uni tashkil etishda ishtirok etganlarga ham ularning mislichalik ajrlardan nasib etsin, Amiyn!


O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 17/01/2021 20:03;   Ko‘rilganligi: 736
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/biz-boylikni-jamlashda-deb-bilgan-edik-aslida-u-sarflashda-ekan
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 21:08
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing