BIRINCHI GURUH SAMARQANDLIK ZIYORATCHILAR MAKKA SHAHRIGA YO‘L OLDILAR
Xabaringiz bor 26 iyul kuni Samarqand viloyatidan 229 nafar yurtdoshlarimiz Muborak Haj amalini niyat qilib, safarga chiqqan edilar. 28 iyul kuni esa viloyatimizdan yana 230 nafar fuqarolarimiz Madina shahriga parvoz qildilar. O‘zbekistonlik ziyoratchilar Madina shahrida “Masjid an-Nabaviy”dan 50 metr uzoqlikda joylashgan besh yulduzli “Pulman zamzam” mehmonxonasiga joylashdi. Haj ibodatini ado etishga mo‘ljallangan safar chog‘ida ziyoratchilar Madina shahrida uch kun davomida “Masjid an-Nabaviy” masjidi, Payg‘ambarimiz alayhissalom ravzalari(maqbaralari)ni, Uhud tog‘i, Qubo, Qiblatayn kabi tabarruk joylarni ziyorat qildilar.
Bugun Madina shahrida o‘z ziyoratlarini ado etib bo‘lgan birinchi guruh yurtdoshlarimiz Makkai mukarramaga yo‘l oldilar. Ular Madina shahri chekkasidagi Zulhulayfa vodiysi – Miyqotda to‘xtab, Umra amalini niyat qildilar va maxsus avtobuslarda Makka sari “Labbaykallohumma labbayk, labbayka laa shariyka laka labbayk, innal hamda, van ne'mata, lakaval mulk laa shariyka lak” — deya talbiya ohongida.yo‘lga chiqdilar. Ayni damda hojilarimiz sog‘liqlari yaxshi va kayfiyatlari yuqori darajada. Alloh taolo barchalarini ziyoratlarini qabul qilib, ibodatlarini Haj mabrur bo‘lishlarini nasib qilsin!
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 29/07/2019 15:33; Ko‘rilganligi: 1153
Chop etilgan vaqti: 07/10/2024 09:40