Bir g‘arib ko‘nglini qilsang shod...
Islom dini ta'limotlari musulmon kishini ota-onasiga, farzandlariga, qo‘ni-qo‘shnilariga g‘amxo‘rlik qilish, ko‘makka muhtoj bo‘lganlarga yordam ko‘rsatishga da'vat etadi.
Hadisi sharifda: “Beva va miskinga ehson qilish uchun harakat qilgan kishi Alloh yo‘lida jang qilgan, tuni bilan namoz o‘qigan va kun bo‘yi ro‘za tutib yurgan kishi kabidir”, deb marhamat qilingan (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).
Demak, har bir mo‘min-musulmon atrofidagi kishilarga mehribon, himmatli, saxovatpesha, sadoqatli bo‘lishi lozim bo‘ladi.
Urgut tuman “Soy G‘o‘s” jome masjidi imom-xatibi Xudoydod Farmonov tumanda joylashgan muruvat uyida istiqomat qilayotgan, o‘zgalar mehriga muhtoj fuqarolar holidan xabar olib, ularga saxovatpesha insonlar ko‘magi bilan ikki million so‘mlik qishgi kiyim-kechaklar hadya qildi.
Ha albatta, shoir o‘z so‘zida aytganidek,
Bir g‘arib ko‘nglini qila olsang shod -
Yaxshidir yer yuzin qilgandan obod.
Ko‘ngillarni shod etish barchamizga nasib etsin.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 09/11/2019 16:38; Ko‘rilganligi: 1185
Chop etilgan vaqti: 14/12/2024 13:00