O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bemorlar holidan xabar olindi

 
 

“3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan viloyatimiz bo‘ylab moddiy imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, “Mehrinbolik”, “Muruvvat”, “Saxovat” uylarida istiqomat qilayotganlar, maxsus maktab-internatlarida tarbiyalanayotganlar holidan xabar olish ishlari yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi, viloyat imom xatiblari va saxovatpeshalar birgalikda joylarda qator xayriya tadbirlarini amalga oshirmoqdalar. Jumladan:

Samarqand shahar bosh imom xatibi N.Islamov hamda “Shohi Zinda” majmuasi rahbariyati tashabbusi bilan Samarqand shahridagi “Riabelitatsiya markazi”da davolanayotgan ko‘plab bemorlar holidan xabar olindi.

Homiylar tomonidan tashkil etilgan ziyofat dasturxoni atrofida yig‘ilgan bemorlar bugungi e’tiborli kun bilan tabriklanib, barchalariga mustahkam sog‘lik, baxt va omad tilandi.

Tashrif davomida 80 nafar bemorga elektr choynak va sochiqlar ulashildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 03/12/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2128
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/bemorlar-holidan-xabar-olindi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 20:24
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing