O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Barkamol avlod tarbiyasi yo‘lida

 
 

Jamiyatimiz hayotida yuz berayotgan yangilanishlar o‘z o‘rnida ta’lim-tarbiya sohasida ham keng ko‘lamli vazifalarni yuzaga chiqarmoqda. Ayniqsa, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uni zamon talablari, ruhiga mos barkamol shaxs qilib voyaga yetkazishga bo‘lgan ehtiyoj ortmoqda.

Shu maqsadda 8 yanvar kuni Samarqand shahar 21-umumta’lim maktabida maktab o‘qituvchilari bilan ilmiy-amaliy tadbir o‘tkazildi. O‘qituvchilar oldida turgan dolzarb vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda Samarqand shahar Qoraboy Oqsoqol jome masjidi imom xatibi Abdurahimov Bobobek ham ishtirok etdi.

B.Abdurahimov tadbir davomida so‘zga chiqib, bugungi kunda ma’naviyatini shakllantiradigan va unga ta’sir o‘tkazadigan barcha omil va me’zonlarni chuqur tahlil qilish, ularni yaxshi anglab yetish zarur ekanligi va har bir xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, urf-odat va an’analari, milliy qadriyatlarisiz tasavvur etib bo‘lmasligi, boy ilmiy merosimizni chuqur o‘rganib, yosh avlod ongiga singdirish, ularni anashunday ruhda tarbiyalash barkamol avlod tarbiyalash asosi ekanini ta’kidladi.

Bugungi jamiyatimiz taraqqiyotida yoshlar ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotganligi, chunki millatning joni uning ma’naviyati, odob-axloqida bo‘lib, jamiyatning ma’naviy-axloqiy ildizi millat tarixi bilan uzviy bog‘liq hodisa ekanligi, ma’naviyat, birinchi navbatda, har bir insonning o‘zgalar bilan munosabatida, ya’ni uning axloqida namoyon bo‘lishi haqqida ham so‘zlab o‘tdi.

Tadbir mavzuga doir savol-javoblar bilan nihoyalandi.

Abdug‘ani Hasanov


Kiritilgan vaqti: 11/01/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1251
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/barkamol-avlod-tarbiyasi-yolida
Chop etilgan vaqti: 01/10/2020 01:55
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing