O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ashuro kuni ahliga kenglik qilish

 
 

Abu Hurayra roziyallohuanhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh solallohu alayhi vasallam: «Kim Ashuro kunida ahli-ayoliga kenglik qilsa, Alloh taolo unga yilning qolganini keng qiladi», dedilar».
Imom Bayhaqiy rivoyat qilgan.
Imom Hofiz Suyutiy bu hadisni sahih degan.

Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ashuro kuni ahli-ayoliga nafaqada kengchilik qilsa, Alloh unga yilning qolganini keng qiladi», - dedilar.
Imom Roziy rivoyat qilgan.

Iroqiy aytadi: «Bu hadisning bir qancha yo‘llari bor bo‘lib, uning ba'zilariga sahih deb qaror berilgan. Ba'zilariga esa, imom Muslimning shartiga ko‘ra sahih deyilgan.

Ammo Ashuro kunida ro‘za tutish va kengchilik yaratishdan boshqa amallarning asli yo‘qdir.
Jumladan, Ashuro kuni kunduzi yoki kechasi bayram qilish, surma qo‘yish, bo‘yanish kabi ishlarni jumhur fuqaholar – Hanafiy, Molikiy, Shofe'iy va Hanbaliylar bid'at deganlar.
Bu ishlarning birortasi mustahab emasdir. Bu haqda keltirilgan rivoyatlar bid'atchilarning to‘qib chiqargan bid'atlari bo‘lib, ular bu amallarni o‘zlarining bid'atlarini qo‘llab-quvvatlash uchun to‘qiganlar.

Lekin yuqorida zikr qilingan hadisga binoan, Ashuro kuni oilasiga kengchilik qilsa, bozorlik qilib, ro‘zg‘orini but qilib olsa, yilning qolgan oylari ham barakali bo‘lishi umid qilinadi. Sufyon Savriy: «Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va ana shunday bo‘lishini topdik» degan. Sufyon ibn Uyayna: «Biz buni ellik yoki oltmish yil tajriba qilib ko‘rdik va faqatgina yaxshilik ko‘rdik», degan. «Al-Muhit» kitobida shunday deyilgan: Jobir rahmatullohi alayh: «Men qirq yil tajriba qildim, bo‘lmay qolmadi», degan.

DO‘STLARINGIZGA HAM ULASHING!!!


Kiritilgan vaqti: 17/08/2021 19:32;   Ko‘rilganligi: 1445
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ashuro-kuni-ahliga-kenglik-qilish
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 23:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing