O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

AQSHda mavlid marosimlari o‘tkazilmoqda

 
 

Xyuston shtatidagi (AQSH) masjidlar va islomiy maktablarda 24 oktyabr kuni mavlid marosimlari nishonlandi. Xususan, «Masjid al-Rasul» masjidida mavlid tadbiri o‘tkazilib, unda shayx Mansur Ali Rizviy ma'ruza qildi. Islom olimi o‘z ma'ruzasida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlariga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tavallud kunlari munosabati bilan bolalar uchun ham tadbir uyushtirildi. Rizviyning aytishicha, bir yillik karantin cheklovlaridan so‘ng ochilgan masjidlar asta-sekin avvalgi faoliyatiga qaytmoqda.

Bundan tashqari Xyustondagi boshqa Islom muassasalarida ham Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamning tavallud kunlari nishonlandi.

Jumladan, Xyuston shtatida joylashgan Shugar Lend shaharidagi «Da'vati islomiy» Islom maktabida talabalar va ularning oila a'zolari uchun mavlid marosimi o‘tkazildi.

Hozirda ushbu shtatda mavlid marosimlari davom etmoqda. 30 oktyabr kuni Ibrohim markazida soat 19:00 da Rabi'ul avval oyi sharafiga «Mahbub Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam» shiori mavzusida tadbir bo‘lib o‘tadi. Tadbirda siyratga oid mav'izalar, salavotlar, nashidalar aytiladi.


Kiritilgan vaqti: 26/10/2021 04:42;   Ko‘rilganligi: 880
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/aqshda-mavlid-marosimlari-otkazilmoqda
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 19:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing