O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

21 oktyabr—O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin

 
 

Aziz va qadrli yurtdoshlar!

Siz, azizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Dunyo xalqlari va millatlarining madaniy o‘zagi va asosiy muloqot manbai bu ularning milliy tili hisoblanadi. Shunday ekan Ona tilimizning mavqei, buyukligini saqlashda har birimiz mas'ulmiz. Buni aslo unutmasligimiz lozim.

Har bir tilning saqlanishi hamda yosh avlodga yetkazilishi, xalq taraqqiyoti va uning kelajagini belgilaydi. Birgina til ko‘plab xalqlarni o‘zaro birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an'ana va madaniyatlarini saqlaydi, uni avloddan avlodga o‘tishini ta'minlaydi.

Barchangizni yana bir bor 21 oktyabr—O‘zbek tili bayrami bilan qutlab, Sizlarga mustahkam salomatlik, oilangizga qut-baraka, tinchlik va omonlik tilayman!

ZAYNIDDIN DOMLA ESHONQULOV Samarqand viloyati bosh imom-xatibi

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 21/10/2022 09:54;   Ko‘rilganligi: 291
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/21-oktyabrozbek-tili-bayrami-muborak-bolsin
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 17:41
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing