O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

2024 yilning ilk sayyor yig‘ilishi Pastdarg‘om tumanida bo‘lib o‘tdi

 
 

Samarqand viloyatida shahar va tuman bosh imom xatiblarining sayyor yig‘ilishi joylarda tashkil etilmoqda. 2024 yil ilk sayyor yig‘ilish Pastdarg‘om tumanida tashkil etildi. Bugun tuman markaziga viloyatdagi jami 16 nafar bosh imom xatiblar va 8 nafar iqtidorli imomlar hamda tumandagi 24 ta masjidlarning imom xatiblari va 2023 yilda Xaj ziyoratiga borib kelgan 12 nafar hojilar jam bo‘lishdi.  

Bugungi tadbirlarda soha xodimlari tumandagi barcha masjidlarga taqsimot asosida tashrif buyurdilar. Qolaversa, tashrif buyurgan masjid hududidagi mahallalarda yashovchi yoshlar bilan uchrashuvlar, oilalardagi mavjud nizoli va muammoli holatlar o‘rganilib, mahalla ishtirokida bartaraf etildi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Mazkur tadbirlardan so‘ng, imom-xatiblar tashrif buyurgan masjidlarida Peshin namozini jamoat bilan birga ado etib, ularga bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan mazmunli ma'ruzalar qilib berdilar.

Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, aholi manfaatlarini ta'minlash, buning uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish maqsadida 2024 yilni “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e'lon qilindi. Diniy soha vakillari ham bu kabi sayyor yig‘ilishlar orqali yoshlarni ilmu ma'rifatli, odobli, kasb va hunarli bo‘lib voyaga yetishlari yo‘lida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirgan holda o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.  Bu yo‘nalishda ziyolilar, nuroniylar, haj va umraga borib kelgan yurtdoshlarimizni jalb etib, ularning ma'naviyat targ‘ibotchisi bo‘lib, odamlarni yaxshilikka boshlab kelmoqda. Shuningdek, dinimizning ko‘rsatmalarini xalqimizga yetkazib, ma'rifatparvar ajdodlarimizning merosini keng targ‘ib etib kelinmoqda. 

  Alloh taolo bu xayrli ishlarni bardavom va manfaatli qilsin.

 O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 09/01/2024 17:27;   Ko‘rilganligi: 1050
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/2024-yilning-ilk-sayyor-yigilishi-pastdargom-tumanida-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 03/11/2025 10:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing