O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

156 nafar vatandoshimiz Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan yurtimizga qaytarildi

 
 

Davlatimiz tomonidan muborak Ramazon oyida yana bir xayrli, ulkan ahamiyatga ega “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi amalga oshirildi, deb yozmoqda Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig‘iga binoan, 156 nafar vatandoshimiz, asosan ayollar va bolalar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan yurtimizga qaytarildi. Ular 30 may kuni maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindi.

Aldov oqibatida o‘zga yurtga borib qolib, og‘ir hayotiy davrni boshidan o‘tkazgan bu insonlarga hukumatimiz tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatiladi. Ularning tinch hayotga qaytib, jamiyatga moslashishlari, ta’lim va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoit yaratiladi, boshpana va ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.

Manba:Zarnews.uz sayti


Kiritilgan vaqti: 30/05/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1223
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/156-nafar-vatandoshimiz-yaqin-sharqdagi-qurolli-mojarolar-hududidan-yurtimizga-qaytarildi
Chop etilgan vaqti: 02/12/2024 16:54
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing