O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

100 nafar bosh imom-xatib bilim va malakasi oshiriladi

 
 

Bugun, 29 noyabr kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Respublikamizda faoliyat olib borayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hamda tuman va shahar bosh imom-xatiblari uchun tashkil etilgan malaka oshirish o‘quvlarining boshlanishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Prezident adminstratsiyasi mas'ul xodimi Jasur Najmiddinov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshliqlari Bobomurod Rustamov va Muhiddin Hakimov, shuningdek, malaka oshirish o‘quvi tinglovchilari qatnashdi.

Tadbir Qur'oni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlandi. So‘ngra so‘zga chiqqan notiqlar “Yangi O‘zbekistonda diniy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar: muammo va yechimlar” yo‘nalishidagi malaka oshirish o‘quvlarini mazmun-mohiyati haqida ma'lumot berishdi.

Ma'lumot uchun, shu yil 29 noyabrdan boshlab O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida malaka oshirish o‘quvining birinchi bosqichida 100 nafar bosh imom-xatib bilim va malakasini oshiradi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 30/11/2021 09:26;   Ko‘rilganligi: 926
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/100-nafar-bosh-imom-xatib-bilim-va-malakasi-oshiriladi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 07:54
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing