O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tadbirlar o‘tkazildi

 
 

Tabiatga ehtirom, bog‘ yaratish, ko‘chat ekish qon-qonimizga singib ketgan, ota-bobolarimizdan meros qolgan an'analardan biri.

Qur'oni karimda bir necha o‘rinlarda daraxtlarning xususiyatlari zikr qilingan. Shuning uchun Payg‘ambarimiz alayhissalom ularni ekishga targ‘ib qilganlar. Ularning dunyodagi borliq va jonzotlar uchun manfaatlari bilan birga oxiratda ham ulkan foydalari bor.

So‘ngi vaqtlarda daraxt va ko‘kalamzorlarning kamayib ketishi tabiatga jiddiy zarar keltirishni boshlagan edi.

Mana shu xayrli tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining topshirig‘iga asosan Samarqand viloyati vakilligi bugun bir qancha ishlarni amalga oshirdi.

Jumladan, Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Bulung‘ur tumanidagi “Amir Hamza” va “Bulung‘ur” jome masjidlarining hududlariga100 dan ziyod mevali va manzarali daraxtlar o‘tqazildi.

Shuningdek, Yoqubjon domla Mansurov Tayloq tumanida bo‘lib, “Bachki”, “Obodon” va “G‘o‘lba” jome masjidlarining hovlisida 150 dan ziyod mevali daraxt, archa va povloniya ko‘chatlari ekildi.

Biz ahli ilmlar sifatida “Yashil makon” umummiliy loyihasini qo‘llab-quvvatlashimiz, aholiga ham bu savobli amaldan chetda qolmaslikni targ‘ib etishimiz ham musulmonlik, ham insonlik vazifamizdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi
Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 23/10/2023 15:44;   Ko‘rilganligi: 690
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/yashil-makon-umummilliy-loyihasi-doirasida-tadbirlar-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 10:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing