O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Urgut tumanidagi masjidlarga tashriflar amalga oshirildi.

 
 

Bugun, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida joylardagi barcha tuman va shahar bosh imom-xatiblari va iqtidorli imom-xatiblarimiz taqsimot asosida viloyatimizning chegaraoldi hududi hisoblangan Urgut tumanidagi masjidlarga tashrif buyurdilar.

Jumladan, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Urgut tumanining markazida joylashgan “Urgut” markaziy jome masjidiga, Ishtixon tumani bosh imom-xatibi Toshmuhammad domla Abilov “G‘ovsul A'zam” jome masjidiga, Samarqand shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari Nursultonxon domla Abdumannonov “Chubin” jomesiga, Jomboy tuman bosh imom-xatibi Nurbek domla Xidirov “Xo‘ja Ubaydullo” jome masjidiga, Narpay tuman bosh imom-xatibi Isomiddin domla Isayev “Muhammad Iso” jome masjidiga, Nurobod tuman bosh imom-xatibi Rahmatullo (Rafael) domla Ravshanov “Shayx Muhiddinov” jome masjidiga, Oqdaryo tuman bosh imom-xatibi Habibullo domla Oblaqulov “Quyiqishloq” jomesiga, Payariq tuman bosh imom-xatibi  Mansurjon domla Abduxoliqov “Mo‘lla To‘raqul” jome masjidiga, Kattaqo‘rg‘on shahar bosh imom-xatibi Anvar domla Nazarov “Nasrulla hoji” jome masjidiga, Paxtachi tuman bosh imom-xatibi Isroil domla Amirillayev “To‘rtko‘l” jome masjidiga, Kattaqo‘rg‘on tumani “Yangi Ravot” masjidi imom-xatibi Faxriddin domla Bahodirov “Yoqub Oxun” jome masjidiga, Pastdarg‘om tumani bosh imom-xatibi Ozod domla Nazarov “Bog‘ishamol” jome masjidiga, Qo‘shrabot tumani “Baliqchi ota” masjidi imom-xatibi Yoqub domla To‘xtashov “Soy” jomesiga, Tayloq tumani Bog‘izag‘on jome masjidi imom-xatibi Nurali domla Jalolov “Ixlosi ziyo” jome masjidiga va Samarqand tumani bosh imom-xatibi Bahodir domla Sharipov “Soy G‘o‘s” jome masjidiga tashrif buyurib, Juma namozidan oldin tezis asosida jamoatga mazmunli ma'ruza qilib berdilar hamda jamoat bilan birga Juma namozini ado qildilar.Ushbu tashrifdan asosiy maqsad masjidlarda juma namozini ado etish, jamoat bilan dildan suhbat qilish, masjid faoliyati bilan yaqindan tanishish va o‘zaro tajriba almashish hisoblanadi. 

O‘z navbatida masjid ahli va namozxonlar mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, olib borayotgan ishlariga muvaffaqiyat, yurtimiz tinchligi bardavom bo‘lishini so‘rab, iliq tilaklar bildirib qoldilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 25/11/2022 17:18;   Ko‘rilganligi: 604
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/urgut-tumanidagi-masjidlarga-tashriflar-amalga-oshirildi
Chop etilgan vaqti: 27/04/2024 10:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing