O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Urgut tumanida aholi bilan muloqotlar tashkil etildi

 
 

Bugun, 2022 yil 04 oktyabr kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Urgut tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 62 ta masjid imom-xatiblari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 62 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalar xonadoniga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Urgut tumanidagi 62 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar. Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

Ushbu tadbir davomida umumiy o‘rganilgan xonadonlar va o‘tkazilgan uchrashuvlar soni quyidagini tashkil qildi:

  • Imom-xatiblar tashrif buyurgan mahallalar soni: 62 ta. Shundan 27 tasida muammolar borligi aniqlandi va barchasi ijroga yo‘naltirildi;
  • Kam ta'minlangan oilalarga tashrif: 188 ta. Barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi hamda boshqa yo‘nalishdagi muammolari hamkor tashkilot masullari bilan birgalikda ijroga yo‘naltirildi.
  • Nogironligi bor va kasalmand 25 nafar fuqarolar holidan xabar olindi. Shundan barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi.
  • Notinch oilalarga tashrif: 8 ta. Shundan 5 ta oiladagi kelishmovchiliklar isloh qilindi. 3 nafari o‘tkazilgan tushuntirishlardan o‘zlariga tegishli xulosalar chiqardi;
  • Ichkilikka ruju qo‘ygan 4 nafar fuqaro bilan suhbat o‘tkazildi. Tushuntirish ishlari davomida ushbu fuqarolar qilayotgan ishlarining oqibatlarini to‘g‘ri tushunib yetganligini aytib o‘tdi;
  • Qo‘shnisi bilan nizolashgan 3 ta oilaning o‘rtasi isloh qilindi;
  • Uzoq muddatga xorijga borib kelgan 60 nafar shaxslar bilan hamda xozirda xorijda yurganlarning 50 nafarining oila a'zolari bilan uchrashib, ularga zarur ko‘rsatma va maslahatlar berildi. Shularning barchasi mutaassib fikrda emasligi ma'lum bo‘ldi.
  • Uyushmagan yoshlar bilan 60ta MFYda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 300 nafarga yaqin uyushmagan yoshlarning ishtiroki ta'minlandi.
  • Tumandagi 62 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga dolzarb mavzularda ma'ruza qilindi. Unda 6000 nafardan ortiq namozxonlar ishtirok etishdi.
  • Yuqorida aytib o‘tilgan xonadonlarga ko‘rsatilgan jami moddiy yordam miqdori: 23 mln so‘mni tashkil qildi.
  • Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Urgut tumanidagi “Urgut” markaziy jome masjidida tumanda rasmiy faoliyat olib borayotgan mahalla mullolari va otinoyilar bilan faoliyatlarini yanada jadallashtirish yuzasidan davra suhbati o‘tkazdi hamda ushbu masjid hududida ya'ni “Mergancha” MFYda yashovchi kam ta'minlangan va muammoli xonadonlar holidan xabar oldi. Shundan so‘ng, mazkur masjidda jamoatga Peshin namozini o‘qib berdilar va namozdan so‘ng jamoatga “Payg‘ambar alayhissalomga itoat – Allohga itoatdir” mavzusida mazmunli ma'ruza qilib berdilar.
  • Mazkur tadbirlardan so‘ng, ushbu sayyor uchrashuvda ishtirok etgan diniy soha xodimlari bilan tahliliy yig‘ilish tashkil qilindi. Unda Urgut tumanidagi mahallalarda o‘rganilgan muammolar, diniy sohadagi yutuq hamda kamchiliklar muhokama qilinib, ijroga yo‘naltirildi. Mazkur yig‘ilishga viloyat hokimining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Bahodir Qodirov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyatidagi bosh mutaxassisi Sohibnazar Boymuradov va viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulovlar bevosita bosh bo‘ldilar. O‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda aholining turli qatlamlaridan o‘rganilgan kamchilik va muammolar hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ijroga yo‘naltirish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, diniy soha xodimlariga rahbarlar tomonidan aholi bilan yanada yaqinroq ishlash, sohaning rivojini yanada takomillashtirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 04/10/2022 19:23;   Ko‘rilganligi: 371
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/urgut-tumanida-aholi-bilan-muloqotlar-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 00:15
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing