Sayyor yig‘ilishning navbatdagisi Samarqand tumanida tashkil qilindi
Bugun, 2023 yil 14 noyabr kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Samarqand tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 6 ta masjid imom-xatib, imom-noib hamda masjid xodimlari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 6 ta masjid va 20 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nosog‘lom fikrda bo‘lgan, nogironligi bor va shu kabi toifadagi oilalar xonadoniga tashrif buyurdilar.
Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Samarqand tumanidagi 6 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Ota-onaga hurmat”, “OAVdan to‘g‘ri foydalanish”, “Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”, “Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar. Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.
Ushbu tadbir davomida umumiy o‘rganilgan xonadonlar va o‘tkazilgan uchrashuvlar soni quyidagini tashkil qildi:
- Imom-xatiblar tashrif buyurgan mahallalar soni: 20 ta. Shundan 11 tasida muammolar borligi aniqlandi va barchasi ijroga yo‘naltirildi;
- Kam ta'minlangan oilalarga tashrif: 80 ta. Barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi hamda boshqa yo‘nalishdagi muammolari hamkor tashkilot masullari bilan birgalikda ijroga yo‘naltirildi.
- Nogironligi bor va kasalmand 4 nafar fuqarolar holidan xabar olindi. Shundan barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi.
- Notinch oilalarga tashrif: 1 ta. Ularning oilasidagi kelishmovchilik isloh qilindi;
- Uyushmagan yoshlar bilan 14 ta MFYda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 100 nafardan ziyod uyushmagan yoshlarning ishtiroki ta'minlandi.
- Tumandagi 6 ta masjidda Peshin namozini o‘qilib, yig‘ilgan namozxonlarga dolzarb mavzularda ma'ruza qilindi. Unda 2 000 nafardan ziyod namozxonlar ishtirok etishdi.
- Yuqorida aytib o‘tilgan xonadonlarga ko‘rsatilgan jami moddiy yordam miqdori:
16 000 000 so‘mni tashkil qildi.
- Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov tadbir oldidan joylardagi shahar va tuman bosh imom-xatiblariga ushbu o‘tkazilayotgan tadbirning naqadar xayrli ekani hamda bunday ilarning samarasi albatta diniy soha faoliyatini yanada jadallashishiga xizmat qilishi borasida nutq so‘zladilar va tadbir davomida e'tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar yuzasidan o‘z tavsiya hamda ko‘rsatmalarini berdilar. Shundan so‘ng viloyat bosh imom-xatibi v.v.b. Yoqubjon domla Mansurov Samarqand tumanidagi “Xo‘ja Ahrori vali” jome masjidida tumanda rasmiy faoliyat olib borayotgan otinoyilar bilan faoliyatlarini yanada jadallashtirish, aholi orasida keng tarqalayotgan bid'at xurofotlarni to‘xtatishda qilinishi kerak bo‘lgan amaliy ishlar, aholi bilan yaqindan ishlash, faoliyatlariga mas'uliyat bilan yondashish va shu kabi masalalar yuzasidan davra suhbati o‘tkazdi.
- O‘tkazilgan mazkur sayyor uchrashuvlar davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ham tadbirlar tashkil qilingan bo‘lib, unda 200 tubga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
- Mazkur tadbirlardan so‘ng, ushbu sayyor uchrashuvda ishtirok etgan diniy soha xodimlari bilan tahliliy yig‘ilish tashkil qilindi. Unda Samarqand tumanidagi mahallalarda o‘rganilgan muammolar, diniy sohadagi yutuq hamda kamchiliklar muhokama qilinib, ijroga yo‘naltirildi. Mazkur yig‘ilishga viloyat bosh imom-xatibi v.v.b. Yoqubjon domla Mansurov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tumandagi mutaxassisi bevosita bosh bo‘ldilar. O‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda aholining turli qatlamlaridan o‘rganilgan kamchilik va muammolar hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ijroga yo‘naltirish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, diniy soha xodimlariga rahbarlar tomonidan aholi bilan yanada yaqinroq ishlash, sohaning rivojini yanada takomillashtirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
- Qolaversa, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida “yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 150 tubdan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Mazkur tadbirdan so‘ng, Allohdan yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi, yurtboshimizning olib borayotgan ishlariga zafarlar so‘ragan holda xayrli duolar qilindi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 14/11/2023 21:55; Ko‘rilganligi: 549
Chop etilgan vaqti: 25/04/2025 22:56