O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

SAVOBI KO‘P AMALLAR

 
 

“Vaqf” xayriya jamoat fondi o‘z oldiga bir necha yo‘nalishda xayriya ishlarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash kabi bir qator ishlar ham fondning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlaridan biridir. Xayriya fondining vakillari sifatida joylarda faoliyat olib borayotgan imom xatiblar “Ro‘zg‘or”, “Ehtiyojmandlarga ko‘mak”, “Obod xonadon” aksiyasi doirasida aholining kam ta'minlangan, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan, yolg‘iz keksa va nogironlarga homiylarni jalb etgan holda saxovat tadbirlari o‘tkazib kelmoqda. Jumladan, Paxtachi tuman imom xatiblari tuman bosh imom xatibi Isroil Amirillayev boshchiligida bir qancha xayriya tadbirlarini amalga oshirdilar. Tuman bo‘yicha Ramazon oyi davomida 120 dan ziyod xonadonga 15 000 000 so‘m miqdorda moddiy yordam va ehsonlar tarqatildi. Imom xatiblarimiz bu kabi ishlarda Ramazon oyi bilan cheklanib qolmaydilar.

Imom Abu Homid G‘azzoliy “Ihyoi ulumid-din” asarida yozishicha, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Ba'zi amallar ibodat shaklida bo‘lmasa ham savobi juda ko‘pdir”. Masalan, namoz shakliy ibodat sanaladi: tahorat olib qiblaga yuzlanamiz, “Allohu akbar” deb boshlaymiz, ruku', sajda qilamiz va evaziga savobga erishamiz. Ammo musulmon birodarligi kabi ma'naviy ibodat ham borki, u zohiran qadrsizday, ahamiyatsizday tuyulsa ham, aslida u dinda muazzam bir savob, muazzam bir ibodatdir”.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi



Kiritilgan vaqti: 01/06/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1702
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/savobi-kop-amallar
Chop etilgan vaqti: 13/10/2024 06:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing