O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Samarqand viloyati imom xatiblarining “Yil imomi 2022” ko‘rik tanlovi 1-bosqichi boshlandi

 
 

Bugun, 6 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Samarqand viloyati masjidlarida faoliyat yuritayotgan imom xatib va imom noiblar o‘rtasida “Yil imomi – 2022” ko‘rik tanlovining shahar va tuman bosqichi boshlandi. Tanlov 8 ta hududga bo‘lingan holda ikki kun davomida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tanlov Samarqand viloyat vakilligi tasarrufidagi masjid imom xatiblari va imom noiblari faoliyatini yanada takomillashtirish, ilmiy saviya va dunyoqarashlarini teranlashtirish shuningdek, joylardagi faol imomlarni aniqlash hamda ularning mehnatlarini rag‘batlantirish maqsadida har yili o‘tkazib kelinmoqda.

Ko‘rik tanlovning ushbu bosqichi 6 va 7 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Tanlovning ikkinchi bosqichi esa joriy yilning iyul oyida tuman va shahar g‘oliblari o‘rtasida tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

Viloyat imom xatibligi mutaxassislari va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi ilmiy xodimlaridan iborat hakamlar hay'ati imom xatib va imom noiblarining tanlovdagi ishtiroklarini baholab bormoqda.

Tanlov yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan nomzodlarni sahifalarimizda tanishtiramiz. Bizni kuzatib boring.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 06/06/2022 15:06;   Ko‘rilganligi: 425
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/samarqand-viloyati-imom-xatiblarining-yil-imomi-2022-korik-tanlovi-1-bosqichi-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 17:33
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing