O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

RAMAZON TUHFALARI ULASHILDI

 
 

Hadya (sovg‘a) ulashishga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam targ‘ib qilganlar. Shuning uchun har bir musulmon kishi ushbu targ‘ib qilingan amalni ado etishga imkon qadar harakat qilishi fazilatli ish hisoblanadi.

Hadya beruvchi avvalo Alloh taoloning roziligi yo‘lida bir musulmonning ko‘nglini shod qilishni niyat qilishi lozim. Zero, amallar niyatlarga ko‘ra bo‘ladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadya ulashishning qanday samaralari borligini shunday bayon qilganlar: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “O‘zaro hadya ulashinglar, bir-birlaringizga muhabbatli bo‘lasizlar”, – dedilar”. Imom Bayhaqiy rivoyat qilgan.

Ya'ni hadya jamiyat vakillarining o‘zaro mehr-oqibatli bo‘lishga sabab bo‘ladi. Ramazon va hayit Hayit bayramlari singari ulug‘ kunlarda hadya berish undan ko‘zlangan maqsadning samaralari yanada ziyoda bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ana shunday ulug‘ kunlarda hadyadan ko‘proq shodlanadigan insonlarni hadya bilan sevintirish afzal ishlardan sanaladi.

Samarqand shahar “Xo‘ja abdu Mo‘min” jome masjidi jamoasi masjid imom xatibi Jahongir Hotamov tashabbusi bilan Sartepo maskanidagi 25 ta kam ta'minlangan oilalarga 7 500 000 so‘mlik Ramazon tuhfalari ulashdi. Hayit bayrami oldidan oziq-ovqat mahsulotlari va turli shirinliklar joylangan qutilar shahar hokimiyati vakillari, mahalla faollari ishtirokida hadya qilinishi bu ulug‘ ayyom kunlarida kam ta'minlangan oilalarga haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Mana shu kabi xayrli ishlarning tashabbuskorlari va unga moddiy jihatdan hissasini qo‘shgan barcha insonlarga Alloh taolo o‘zi ajru hasanotlar ato aylasin!

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 03/06/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 655
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/ramazon-tuhfalari-ulashildi
Chop etilgan vaqti: 25/06/2021 17:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing